Yil oxirida yil natijalarini sarhisob qilish odatga aylangan. O‘ylaymizki, Markaziy Osiyoning uch davlati: O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston uchun iqtisodiy sohadagi natijalarini bunday sarhisob qilish o‘rinli.
Odatda iqtisodiy o‘sish yalpi ichki mahsulot (YaIM) o‘sishi bilan baholanadi. Biroq, qoidalarga muvofiq, yil oxiriga bunday raqamlar hali beri shakllanmaydi. Statistika ma’lumotlari tez yig‘ilib jamlanmaydi, shuning uchun o‘tgan yilga doir jami ma’lumotlar keyingi yilning mart-aprel oylarida chop etiladi. Lekin ba’zi bir natijalarni keltirsak bo‘ladi.
Dastlabki natijalar
Hozirda milliy statistika idoralari YaIMning joriy yilning ma’lum bir davri ko‘rsatkichlarini chop etishmoqda.
Ma’lumotlarni o‘zaro taqqoslash uchun biz ularni milliy valyutalarda va dollarlarda keltiramiz.
• O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti (2019 yilning 9 oyi) - 361,8 trln so‘m;
oylik o‘rtacha - 40,2 trln so‘m;
yillik hisobda (istiqbolda) - 482,4 trillion so‘m / 50,69 milliard dollar.
•Tojikiston yalpi ichki mahsuloti (8 oy) - 44,8 milliard somoniy;
oylik o‘rtacha - 5,6 milliard somoniy;
yillik hisobda (prognoz) - 67,2 milliard somoniy / 6,9 milliard dollar.
•Qirg‘iziston yalpi ichki mahsuloti (8 oy) - 334,6 milliard so‘m;
oylik o‘rtacha - 41,8 milliard so‘m;
yillik hisobda (istiqbolda) - 501,9 milliard so‘m / 7,18 milliard dollar.
Shuni ta’kidlash joizki, statistika idoralari YaIM o‘sishi haqida xabar berishlariga qaramay (aytaylik, O‘zR Davlat statistika qo‘mitasi 2019-yil yanvar-sentabr oylarida mamlakat YaIM o‘sishi 2018-yilning shu davriga nisbatan 5,7% ga o‘sganini e’lon qildi) fuqarolar o‘z cho‘ntaklarida daromadning bunday o‘sganini his etmayaptilar.
Buning sababi, YaIM ko‘rsatkichi milliy boylik ko‘rsatkichlarini emas, balki ko‘proq biznes dinamikasi va narxlar o‘zgarishini aks ettirmoqda.
Bundan tashqari, inflyatsiya yalpi ichki mahsulotga sezilarli hissa qo‘shadi va uni bir necha foizga oshirishga qodir. O‘zbekistonning o‘zida, narxlar va tariflarning keskin sakrashi sababli, joriy narxlarda YaIM o‘smasa, ajablanarli bo‘lardi.
Shunday qilib, O‘rta Osiyoning uchta respublikasi yanada boyib ketganligini baholash uchun boshqa mezonlarni tanlash kerak. Bu milliy boylik bilan bevosita bog‘liq bo‘lishi kerak.
Uy-joy qurilishi hajmlari
Menimcha, bunday qo‘rsatkich sifatida uy-joy qurilishini keltirish mumkin. Bir tomondan, ushbu tarmoq iqtisodiyotning boshqa ko‘plab tarmoqlar bilan bog‘liq bo‘lib, uning o‘sishiga qarab butun mamlakat sanoati holatini baholash mumkin. Sarmoyalar faqat normal ishlaydigan va rivojlanayotgan iqtisodiyot sharoitida shakllanishi mumkin bo‘lgan uy-joy qurilishiga yo‘naltiriladi.
Markaziy Osiyo amaliyotiga muvofiq, uy-joy qurilishiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar unchalik katta emas, buning uchun asosiy manba bu milliy, ichki omonat va sarmoyalar.
Shuningdek, yangi uy-joylarni sotib olish turli xil tovarlar va xizmatlarni taqdim etadigan iqtisodiyotning butun bir qismini o‘ziga jalb qiladi, ya’ni yangi uy-joy talabning shakllanishida ishtirok etadi.
Boshqa tomondan, turar-joy binolari uzoq, o‘n yilliklar davomida foydalaniladi va ular mamlakat aholisining turmush darajasi asosi hisoblanadi. Bir so‘z bilan aytganda, agar uy-joy qurilayotgan bo‘lsa, bu milliy boylik to‘planib borayotganligini anglatadi.
O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘izistonda uy-joy qurilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham dastlabki, ammo shu bilan birga juda namunaviy.
• O‘zbekiston (6 oy) - 6,6 million kvadrat metr;
oylik o‘rtacha hajmi - 1,1 million kvadrat metr;
yillik o‘sish (istiqbolda) - 13,2 million kvadrat metr / har bir kishi uchun 0,39 kvadrat metr.
• Tojikiston (5 oy) - 293 ming kvadrat metr;
o‘rtacha oylik hajmi 58,6 ming kvadrat metr;
yillik o‘sish (istqbolda) - 703,2 ming kvadrat metr / har bir kishi uchun 0,076 kvadrat metr.
• Qirg‘iziston (10 oy) - 795 ming kvadrat metr;
o‘rtacha oylik hajmi 79,5 ming kvadrat metr;
yillik o‘sish (istiqbolda) - 954 ming kvadrat metr / har bir kishi uchun 0,14 kvadrat metr.
O‘zbekistonga nisbatan aytishimiz mumkinki, agar haqiqatdan ham 2019-yil oxirida 13,2 million kvadrat metr uy-joy qurishga erishilsa, u holda uy-joy qurilishi 12 million kvadrat metrdan ortiq qurilgan 2018-yil darajasidan oshadi.
Qurilish materiallari narxlarining ko‘tarilishi va energiya narxlarining oshishi sharoitida bunday natijalar, har xil salbiy holatlarga qaramay, O‘zbekiston iqtisodiyoti jadal rivojlanayotganidan dalolat beradi. Menimcha, bu birinchi navbatda yiliga 1,1 million tonna sement ishlab chiqarish quvvatiga ega Jarqo‘rg‘on sement zavodining ishga tushirilishi bilan bog‘liq.
Kelgusi yilda, tarmoqda ishlatiladigan va muqaddam chet eldan import qilingan metall list prokat O‘zbekistonda yangi ishga tushirilayotgan metallurgiya zavodida ishlab chiqarilishi boshlanishi bilan uy-joy qurilishi yanayam o‘sishi mumkin. Shuningdek, boshqa yirik sement zavodlarini qurish va foydalanishga topshirish tufayli ham. Respublika hukumati tomonidan qat’iyatlik bilan olib borilayotgan uy-joy narxini pasaytirish siyosati muhim hissa qo‘shmoqda.
Qo‘shnilar ham urinishmoqda
Qizig‘i shundaki, YaIM kursatkichlari bilan yaqin Qirg‘iziston va Tojikistonda uy-joy qurilishi tubdan farqlanadi. Qirg‘izistonda aholi jon boshiga aholi yashash maydonining o‘sishi Tojikistonga nisbatan ikki baravar ko‘p va 2019-yil boshida Tojikistonda uy-joy qurilishi 2018-yil boshiga nisbatan sezilarli darajada pasaydi.
Bu, mening fikrimcha, Tojikiston hukumati yig‘imlari va o‘z investitsiya resurslarini maksimal qismini 2019-yilda ikkinchi gidrotexnika inshooti ishga tushirilgan Rog‘un GESini qurib bitkazishga yo‘naltirishga urinayotgani bilan bog‘liq. Ushbu vaziyat tufayli uy-joy qurilishiga kamroq investitsiya kiritildi va shuning uchun uy-joy fondini ko‘payishi sust.
Rog‘un tojik iqtisodiyoti uchun juda muhim, u ham milliy boylik to‘plashning bir shaklidir. Biroq, Tojikiston aholisi bundan samarani tez orada sezmaydilar: avvalombor elektr energiyasini iqtisodiy resurslarga, keyin esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri ular uchun mavjud bo‘lgan moddiy tovarlarga aylantirish kerak.
Xo‘sh, Markaziy Osiyoning uchta respublikasi 2019-yilda boyroq bo‘lishdimi? Ha, albatta, bo‘lishdi, faqat turli darajada. Albatta, O‘zbekiston boshqalarga qaraganda ko‘proq boyidi.