Financial Times Putinni o‘n yillikning eng ahamiyatli kishilar ro‘yxatiga kiritdi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin prinyal uchastie v zasedanii rasshirennoy kollegii Minioboroni RF
Prezident RF V. Putin prinyal uchastie v zasedanii rasshirennoy kollegii Minioboroni RF - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘n yillik kishilar ro‘yxatiga 19 nafar siyosatchi, 22 nafar ishbilarmon hamda 9 nafar madaniyat, fan, shou-biznes va sport vakillari kiritilgan.

TOShKENT, 29 dek — Sputnik. Britaniyaning Financial Times nashri Rossiya prezidenti Vladimir Putinni 2010-yillar jarayonini belgilagan 50 kishi ro‘yxatiga kiritdi.

O‘n yillik kishilar ro‘yxatiga 19 nafar siyosatchi, 22 nafar ishbilarmon hamda 9 nafar madaniyat, fan, shou-biznes va sport vakillari kiritilgan.

Putindan tashqari reytingdan AQSh sobiq prezidenti Barak Obama, amaldagi Amerika prezidenti Donald Tramp, Germaniya kansleri Angela Merkel, Fransiya prezidenti Emmanyuel Makron, Turkiya yetakchisi Rejep Erdog‘an va boshqalar o‘rin olgan.

Shuningdek, eng ahamiyatli kishilar ro‘yxatiga AQSh Markaziy razvedka boshqarmasining (SRU) sobiq xodimi Edvard Snouden, Gonkongdagi ommaviy norozilik namoyishlari rahbari Joshua Vong va pokistonlik faol va Nobel mukofoti sovrindori Malala Yusufzoy kiritilgan.

Vid na Moskovskiy Kreml s podsvetkoy - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada yil siyosatchisi aniqlandi

Biznes vakillari orasida reytingga Apple bosh direktori Tim Kuk, Amazon asoschisi Jeff Bezos, Tesla rahbari Ilon Mask, Microsoft asoschilaridan biri Bill Geyts, Alibaba asoschisi Jek Ma, Netflix rahbari Rid Xastings, Uber asoschilaridan biri Trevis Kalanik va Facebook rahbari Facebook Mark Sukerberg kiritilgan.

Shou-biznes vakillaridan amerikalik tennischi Serena Uilyams, Kardashanlar oilasi vakilasi Kayli Jenner, futbolchi Krishtianu Ronaldu va Leonel Messi, qo‘shiqchi Teylov Sviftni reytingda ko‘rish mumkin.

Reytingdagi alohida o‘rinni amerikalik produser Xarvi Vaynshteynni zo‘rlashda ayblagan aktrisa Rouz Makgoun egallagan. Aynan uning harakatlari jinsiy zo‘rlashga qarshi harakat MeToo᾽ga (Men ham) sababchi bo‘lgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq rossiyaliklar mamlakat prezidenti Vladimir Putinni yil siyosatchisi deb atashgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0