TOShKENT, 3 dek — Sputnik. Mirzo-Ulug‘bek tumani IIO FMB tomonidan qidiruvga e’lon qilingan O‘zbekiston fuqarosi Ukrainada qo‘lga olindi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar qildi.
Qayd etilishicha, Toshkent shahar IIBB xodimlariga jinoyatchini qo‘lga olishda O‘zbekiston IIVdagi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlardagi, shuningdek, Interpoldagi hamkasblari ko‘maklashgan.
Aniqlik kiritilishicha, 23 yoshli S.A. O‘zbekiston JKning 169-moddasi (“O‘g‘rilik”) va 127-moddasida (“Voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish”) ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganlikda gumon qilinmoqda.
Hozirda jinoyatchi Toshkentga olib kelingan va sud unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasini qo‘llagan.