Vazirliklar Litvada og‘ir vaziyatga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarolari bo‘yicha bayonot berdi

© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka o‘tishGoroda mira. Vilnyus
Goroda mira. Vilnyus - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Internet tarmoqlarida “AMILEE BAHORA” xususiy bandlik agentligi orqali xorijga ishga ketgan bir guruh fuqarolarning Litva poytaxti Vilnyus shahrida qiyin ahvolda mehnat qilayotgani to‘g‘risida ma’lumotlar tarqaldi.

TOShKENT, 29 dek — Sputnik. Tashqi ishlar vazirligi Latviya va Litvada qiyin vaziyatga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarolari bilan bog‘liq vaziyat Latviyadagi elchixonasi nazoratida ekanligini ma’lum qildi.

Avvalroq “AMILEE BAHORA” xususiy bandlik agentligi  tomonidan ushbu mamlakatlarga yuborilgan va qiyin vaziyatga tushib qolgan fuqarolarning videomurojaati OAVda tarqalgan edi.

Bu xabarlarga O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ham munosabat birdirdi.

Zdanie MID Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
TIV Rossiyada maoshini ololmayotgan o‘zbekistonliklar bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi

Qayd etilishicha, mazkur holatni o‘rganish maqsadida Vilnyusdagi fuqarolar bilan bog‘lanilgan. Vaziyatni o‘rganish yuzasidan ishlar davom ettirilmoqda.

Ayni paytda Agentlik Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasida zaxiralangan mablag‘lar hisobidan jabrlanganlarga moddiy yordam ko‘rsatish, Litvadan qaytish istagidagi fuqarolarni O‘zbekistonga olib kelish choralarini ko‘rmoqda.

Vazirlik ushbu fuqarolarni xorijga ishga jo‘natish majburiyatlarini to‘liq darajada bajarmagan “AMILEE BAHORA” agentligiga nisbatan belgilangan tartibda jazo choralarini ko‘rish, litsenziyalanadigan faoliyat turini kamchiliklar bartaraf qilingunga qadar to‘xtatib turish masalasini ko‘rib chiqmoqda.

Xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolar mehnat huquqlari buzilganda yoki og‘ir ahvolga tushib qolganda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga 71 202-33-55 telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkin.

Bundan tashqari, Konsullik-huquqiy departamenti Latviya, Litva, Estoniya, Finlandiya va Norvegiya hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarur vaziyatlarda mamlakatning Riga shahridagi elchixonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tgan: +371 67-32-24-24, +371 67-32-23-46.

Yangiliklar lentasi
0