TIV Rossiyada maoshini ololmayotgan o‘zbekistonliklar bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovZdanie MID Uzbekistana
Zdanie MID Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Avvalroq “ICA Construction” kompaniyasida ishlayotgan o‘zbekistonliklarning OAVda maoshlari berilmayotgani va yotoqxonadan majburiy chiqarib yuborilayotgani to‘g‘risidagi murojaati tarqalgan edi.

TOShKENT, 21 dek - Sputnik. O‘zbekiston fuqarolari – “ICA Construction” kompaniyasi xodimlarining asosiy qismi 19-dekabr holatiga ko‘ra ish haqlarini to‘lig‘icha oldi. Qolganlarning maoshlari ham kelishilgan jadval asosida beriladi. Bu haqda TIV Sankt-Peterburg shahridagi mamlakatning bosh konsulxonasi ma’lumotiga tayangan holda xabar qildi.

Predstaviteli Mintruda RUz pobivali v Sankt-Peterburge dlya oznakomleniya s jiznyu migrantov - Sputnik O‘zbekiston
Pasporti olib qo‘yilgan va ish haqi to‘lanmagan 25 nafar fuqaroga yordam ko‘rsatildi – TIV

Xabarda yozilishicha, bosh konsulxona va O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiyadagi Vakolatxonasi xodimlari Kolpino shahriga borgan. O‘zbekiston fuqarolari va “ICA Construction” kompaniyasining mas’ul xodimlari bilan bo‘lib uchrashuvlar o‘tkazilgan. Unda o‘zbekistonlik mehnat migrantlarining manfaatlarini himoya qilish hamda mavjud muammolarni hal qilish bo‘yicha aniq kelishuvlarga erishilgan.

Avvalroq OAVda  ushbu kompaniya ishchilarining maoshlari berilmayotgani va yotoqxonadan majburiy chiqarib yuborilayotgani to‘g‘risidagi murojaati tarqalgan edi.

Konsullik huquqiy departamenti Rossiyaning Shimoli-g‘arbiy federal okrugi (Arxangelsk viloyati, Kaliningrad viloyati, Kareliya Respublikasi, Komi Respublikasi, Leningrad viloyati, Murmansk viloyati, Nenes avtonom okrugi, Novgorod viloyati, Pskov viloyati, Sankt-Peterburg shahri, Vologoda viloyati) hududida joylashgan fuqarolar zarur vaziyatlarda mamlakatning Sankt-Peterburg shahridagi bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tgan: +7-965-029-41-49.

Yangiliklar lentasi
0