Xalqaro qidiruvdagi O‘zbekiston fuqarolarining soni ochiqlandi

Logotip INTERPOL na fasade zdaniya
Logotip INTERPOL na fasade zdaniya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Interpol Milliy markaziy burosi ma’lomotlariga qaraganda, qidiruvdagilarning aksariyati terrorizm, odam savdosi kabi og‘ir jinoyatlarda ayblanmoqda.

TOShKENT, 29 dek — Sputnik. Hozirda 1700 nafardan ortiq O‘zbekiston fuqarosi xalqaro qidiruvga berilgan hamda ularning ko‘pchilik qismi terrorizm, odam savdosi kabi og‘ir jinoyatlarda ayblanmoqda. Bu haqda AOKAdagi “Ichki ishlar organlarida xalqaro hamkorlikni tashkil etish faoliyati va Interpolning O‘zbekistondagi Milliy markaziy burosi” mavzusidagi matbuot anjumanda ma’lum qilindi.

Jenshina v naruchnikax - Sputnik O‘zbekiston
Bir necha yil qidiruvda bo‘lgan firibgar ayol Rossiyada ushlandi

“Ayni vaqtda 1 ming 700 nafardan ortiq O‘zbekiston fuqarosi xalqaro qidiruvga berilgan hamda ularning ko‘pchilik qismi terrorizm, odam savdosi kabi og‘ir jinoyatlarda ayblanmoqda”, - dedi Interpol Milliy markaziy burosi, axborotlarga tezkor ishlov berish va muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i  Olimxon Ergashev.

Qidiruvdagi o‘zbekistonliklar pasportlari bekor qilinadi

Qayd etilishicha, xalqaro hamkorlik natijasida 2017-2019 yillarda 1 ming 402 nafar qidiruvdagi shaxs ushlangan. Joriy yilning 11 oyida turli jinoyatlarni sodir etgani uchun respublika huquqni muhofoza qiluvchi organlari tomonidan qidirilayotgan 588 nafar shaxs xorijiy davlatlarda qo‘lga olingan.

Yangiliklar lentasi
0