TOShKENT, 21 dek - Sputnik. Buxoro viloyatining Vobkent tumanida qidiruvda bo‘lgan shaxs Rossiyaning Vladivostok shahrida ushlandi. Bu haqda viloyat IIB xabar qildi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston JKning 168-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir qilganligi uchun 2015-yil mart oyida qidiruvga e’lon qilingan 53 yoshli fuqaro T.N. xodimlar tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida Vladivostok shahrida ushlangan.
So‘ngra u O‘zbekistonga yuborilgan. Hozirda jinoyatchi viloyat IIB 4-son Tergov hibsxonasiga joylashtirilgan va sud oldida javob beradi.