Olma-Otada yuz bergan aviahalokat haqida so‘nggi ma’lumotlar e’lon qilindi

© Sputnik / Mediabankka o‘tishKrushenie passajirskogo samoleta v Kazaxstane
Krushenie passajirskogo samoleta v Kazaxstane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Aviahalokatning uchta asosiy sabablari aytilmoqda: uchuvchi xatosi, texnik nosozlik va noqulay meteosharoit

TOShKENT, 28 dek - Sputnik. Ayni vaqtda 49 inson kasalxonada qolmoqda, ularning yetti nafari og‘ir ahvolda, 42 nafarining, shu jumladan bolalarning ham ahvoli stabil, deb xabar qilmoqda Sputnik Qozog‘iston Olma-Ota jamoatchilik salomatligi boshqarmasi rahbari Tleuxan Abildayevga tayangan holda.

Krushenie samoleta v Kazaxstane - Sputnik O‘zbekiston
Olma-otadan Nur-Sultonga parvoz qilayotgan samolyot quladi - video

Olma-Otadagi aviahalokat haqida eng so‘nggi ma’lumotlar:

* Olma-Ota kasalxonalarida 49 kishi qolmoqda, ularning yetti nafari og‘ir ahvolda

* samolyotning halok bo‘lgan kema komandiri Marat Muratbayev 20 141 parvoz soatiga ega bo‘lgan. Ikkinchi uchuvchi og‘ir ahvolda

* bort qora qutilarini Moskvaga yuborishadi. Ularning rasshifrovkasi bilan Davlatlararo aviatsiya qo‘mitasi shug‘ullanadi

* aviahalokatning uchta asosiy sabablari aytilmoqda: uchuvchi xatosi, texnik nosozlik va noqulay meteosharoit

* fojianing dastlabki versiyasi 10-yanvarga qadar e’lon qilinadi

* Bek Air ning bekor qilingan reyslariga chipta xarid qilgan yo‘lovchilariga mablag‘lar qaytarilmoqda, shuningdek, chiptalar boshqa aviakompaniyalar chiptalariga almashtirilmoqda

* halok bo‘lgan va jabrlangan yo‘lovchilar oilalariga yordam uchun hisob raqami ochilgan.

Bek Air kompaniyasi samolyoti 27-dekabr kuni Olma-Ota yaqinida halokatga uchradi. O‘n ikki kishi ushbu fojia qurboniga aylandi.

Yangiliklar lentasi
0