O‘zbekiston hukumati yoshlarni ekstremistik g‘oyalardan himoyalaydi

© Sputnik / Andrey Stenin / Mediabankka o‘tishFlag radikalnoy islamistskoy organizatsii IGIL
Flag radikalnoy islamistskoy organizatsii IGIL - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ming yil oldin ham O‘zbekiston zaminida yashagan allomalar din masalasida adashganlarga ta’limot, ilm va dalillar orqali to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatganlar. O‘zbekiston bugungi kunda ham ma’rifatni jaholatga qarshi kurashishning eng samarali vositasi deb biladi

TOShKENT, 27 dek - Sputnik. Dunyo miqyosida xalqaro terrorizm, radikalizm, ekstremizm kabi chegara bilmas tahdidlarning xavfi ortib borayotgan bir paytda, O‘zbekiston hukumati bugungi kunda ham ma’rifatni jaholatga qarshi kurashishning eng samarali vositasi sifatida tan olmoqda. Bu milliy strategiyadir, dedi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Minhojiddin Hojimatov.

V gorode Karshi proxodit Mejdunarodnaya nauchno-prakticheskaya konferensiya, posvashennaya jizni i tvorchestvu velikogo mislitelya  Abu-l-Muina Nasafi - Sputnik O‘zbekiston
Sof islom aqidasi: Qarshida Abu-l-Muin Nasafiy ijodiga bag‘ishlangan xalqaro anjuman boshlandi

Xojimatov, islom dinining insonparvarlik mohiyati buzib talqin qilingan, yolg‘on aqidalar asosiga qurilgan buzg‘unchi ta’limotlar, ekstremizm va terrorizm tahdidlariga qarshi Imom Moturidiy, Burhoniddin Marg‘inoniy, Aba-l-Muin Nasafiy kabi allomalar hayoti va merosini o‘rganish, asarlarini jahon tillariga tarjima qilish, ta’limotlarini bugungi zamon nuqtayi-nazaridan ilmiy asoslangan holda, xalqaro jamoatchilik e’tiboriga yetkazilishi muhimligini qayd etdi.

"Dunyo bugun XXI asrning ikkinchi o‘n yilligini yakunlash arafasida turibdi. Davrimizning o‘ziga xos murakkabligi shundaki, jaholatga asir kuchlar, razolat botqog‘iga botgan oqimlar o‘z maqsadlariga yetish yo‘lida muqaddas ta’limotlarni qurol qilishga intilmoqdalar. Bu oqimlar ilgari surayotgan yolg‘on aqidalar, asossiz da’volarga qarshi kurashish kuchli dalillangan ilmiy xulosa, raddiyalar bitilgan manbalarni talab qiladi. Aynan shu javobni buyuk ajdodimiz Abu-l-Muin Nasafiy kabi allomalarning bizgacha yetib kelgan ilmiy meroslaridan topamiz", - deb ta’kidlaydi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari.

O‘z navbatida turli ma’rifiy markazlar, shu jumladan xalqaro ilmiy muassasalardagi izlanishlar natijasini bir davrada jamlash, ilmiy yangiliklarni muvofiqlashtirish, hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, fikr va tajriba almashish imkoniyatini yuzaga keltirish maqsad qilingan.

Yangiliklar lentasi
0