O‘zbekiston TIV Qozog‘istonda yuz bergan aviahalokat yuzasidan bayonot berdi

© Sputnik / Mediabankka o‘tishKrushenie passajirskogo samoleta v Kazaxstane
Krushenie passajirskogo samoleta v Kazaxstane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qozog‘istonda halokatga uchragan samolyotda o‘zbekistonliklar bo‘lmagan – O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi.

TOShKENT, 27 dek – Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi bugun, 27-dekabr kuni Olmaota shahridagi aeroportda sodir bo‘lgan aviahalokat yuzasidan bayonot berdi.

Krushenie samoleta v Kazaxstane - Sputnik O‘zbekiston
Olma-otadan Nur-Sultonga parvoz qilayotgan samolyot quladi - video

O‘zbekistonning Qozog‘istondagi Bosh konsulligi tomonidan taqdim etilgan dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, samolyotning halokatga uchrashi oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q.

Z92100 reysi bilan Olmaotadan uchgan samolyot Nur-Sultonga qo‘nishi kerak bo‘lgan.

Bosh konsullik vaziyatni nazoratga olgan.

Bugun Bek Air aviakompaniyasining yo‘lovchi samolyoti Qozog‘istonning Olmaota shahri aeroportidan havoga ko‘tarilish vaqtida halokatga uchragan.

Hozirgi vaqtda 12 kishi halok bo‘lgani ma’lum qilingan.

Yangiliklar lentasi
0