O‘qituvchilarning ko‘proq qaysi kasallikdan aziyat chekishlari aytildi

© Sputnik / Kirill Braga / Mediabankka o‘tishShkolniki
Shkolniki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xalq ta’limi xodimlari uchun uzatilib boriladigan axborotlar kanalida o‘qituvchilarning asosan qaysi kasallikdan aziyat chekishlari haqida aytildi.

TOShKENT, 26 dek – Sputnik. Xalq ta’limi xodimlari uchun uzatilib boriladigan axborotlar kanalida o‘qituvchilarning asosan qaysi kasallikdan aziyat chekishlari haqida aytildi.

Krolik - Sputnik O‘zbekiston
Maktab, bog‘cha va harbiy qismlarda ovqatlanish ratsioniga quyon go‘shti qo‘shiladi

Qayd etilishicha, pedagoglar ko‘pincha surunkali charchoq bilan yurganliklari bois ular kasb kasalliklariga oson chalinadilar. Shifokorlar tahliliga ko‘ra, o‘qituvchilarga eng ko‘p xavf soladigan kasalliklar quyidagilardir:

Nevrozlar. Unga duchor bo‘lgan o‘qituvchilar o‘quv yili yarmiga borib ulgurmay, sinfda o‘z-o‘zidan baqirish, bo‘r yo‘qligi yoki ruchka yozmagani uchun yig‘lab yuborish, uy ishlarini tekshirish asnosida elektrga ulangan dazmolni va boshqa mayda narsalarni unutib qoldirish holatlariga duch keladilar. Nevrozning asosiy belgilari o‘zi bilan o‘zi gaplashish, salga tutoqish, tushkunlikka moyil bo‘lishdir.

Tomoq kasalliklari. Ko‘pincha haddan ortiq ko‘p va baqirib gapirishdan, zo‘riqishdan tovush paychalari zararlanadi. O‘qituvchi shunday vaziyatda tomoq hiqildoq kasalliklariga oson chalinadi. Masalan o‘qituvchining ertalab chiroyli chiqib turgan ovozi kechki paytga borib umuman chiqmay qolishi mumkin.

Na territorii rinkov Chilonzor buyum savdo i Dustlik savdo majmuasi,  takje vozle torgovogo kompleksa Toshkent savdo markazi ustanovleni knopki ekstrennogo vizova - Sputnik O‘zbekiston
Maktab va diniy tashkilotlar obyektlari “tashvish tugmalari” bilan jihozlanadi

Qomat buzilishlari. Og‘ir sumkalar, ish joyidagi noqulay stol-stullar ko‘pincha o‘qituvchilarda bel va umurtqa kasalliklarini keltirib chiqaradi. Skalioz (kurak sohasining tepaga ko‘tarilishi)bo‘lishi ham mumkin.

Infarkt va insultlar. Bu kasalliklar tinimsiz stress, aqliy zo‘riqish, keraksiz topshiriqlar, oilaviy mojarolar tufayli kelib chiqadi. O‘qituvchilarda ham turli xil zo‘riqishlar yig‘ilib, infarkt yoki insultga olib borishi mumkin.

Bunday dardlardan holi bo‘lish uchun ish joyi va uyda o‘zini iloji boricha xotirjam tutish, har bir ishni o‘z vaqtida bajarish, o‘quvchilar va hamkasblar oldida ko‘ngilni keng qilish, mayda gap-so‘zlarga e’tibor bermaslik, g‘iybatdan uzoqroq yurish, to‘g‘ri ovqatlanish va har kuni ochiq havoda sayr qilishga odatlanish kerak.

Yangiliklar lentasi
0