Maktab va diniy tashkilotlar obyektlari “tashvish tugmalari” bilan jihozlanadi

© GUVD g. TashkentaNa territorii rinkov "Chilonzor buyum savdo" i "Dustlik savdo majmuasi", takje vozle torgovogo kompleksa "Toshkent savdo markazi" ustanovleni knopki ekstrennogo vizova
Na territorii rinkov Chilonzor buyum savdo i Dustlik savdo majmuasi,  takje vozle torgovogo kompleksa Toshkent savdo markazi ustanovleni knopki ekstrennogo vizova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Milliy gvardiya manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda 2020-yil yakuniga qadar tasdiqlangan ro‘yxatga asosan obyektlarni bosqichma-bosqich qabul qilib oladi va qo‘riqlanishini ta’minlaydi.

TOShKENT, 22 noya – Sputnik. Hukumat qarori bilan Milliy gvardiyaning qo‘riqlash xizmati bo‘linmalari tomonidan qo‘riqlanadigan obyektlar ro‘yxati tasdiqlandi.

Kupuri nomiralom patdesat tisach sumov - Sputnik O‘zbekiston
Kasbida maktab yoshlar yetakchisi qalbaki pullar tayyorlagani aniqlandi

Shunga ko‘ra, Milliy gvardiya manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda 2020-yil yakuniga qadar tasdiqlangan ro‘yxatga asosan obyektlarni bosqichma-bosqich qabul qilib oladi va qo‘riqlanishini ta’minlaydi.

Qarorga muvofiq, maktablar va diniy tashkilotlarning obyektlari “tashvish tugmalari” bilan jihozlanadi.

Banklar va ular filiallarining qo‘riqlanishini tashkil etish shartlari Milliy gvardiya va Markaziy bank birgalikda tasdiqlagan qoidalarga asosan belgilanadi.

Milliy gvardiya qo‘riqlash xizmati bo‘linmalari tomonidan obyektlarni qo‘riqlash bilan bir qatorda tranzit yuklarni, transportdagi moddiy boyliklarni, portlovchi, radioaktiv (zaharli) va boshqa vositalarni qurolli qo‘riqlash-kuzatish amalga oshirilishi mumkin.

Shuningdek, jismoniy shaxslarga va tadbirkorlarga tegishli obyektlar ularning ixtiyoriga ko‘ra tuzilgan shartnomalarga asosan qo‘riqlanadi.

Yangiliklar lentasi
0