Amerika maxsus xizmatlari Rossiyaga kiberhujum uyushtirdi - OAV

Obuna bo‘lish
Kiberhujum AQSh kongressiga bo‘lgan oraliq saylovlar vaqtida amalga oshirilgan.

TOShKENT, 27 fev — Sputnik. AQSh Qurolli kuchlari kiberqo‘mondonligi 2018-yilda Peterburg "Internet-tadqiqotlar agentligi"ga "hujum" operatsiyasini amalga oshirddi. Bu haqda RIA Novosti The Washington Postga tayanib xabar qilmoqda.

Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston
Putin jurnalistga: "Sizni qaysi mamlakatdagi prezidentlik saylovi qiziqtirmoqda?"

Materialda aytilishicha, kiberhujum AQSh kongressiga bo‘lgan oraliq saylovlar davomida amalga oshirilgan.

"Ular agentlikni internetdan uzib qo‘yishdi", - deb aytgan nashr xodimlaridan biri.

The Washington Post ta’kidiga ko‘ra, bu Kiberqo‘mondonlikning Moskvaga qarshi amalga oshirilgan shu kabi birinchi operatsiyasidir. Gazeta manbalari so‘zlariga ko‘ra, kiberhujum "rossiyaliklarga saylovlar natijalarini shubha ostiga qo‘ya oladigan dezinformatsiya kampaniyasini keng olib borishga halal berish uchun amalga oshirilgan".

Pentagon amalga oshirilgan operatsiyani muvaffaqiyatli deb baholagan, deya ta’kidlanadi maqolada.

 

Yangiliklar lentasi
0