TOShKENT, 25 dek — Sputnik. Rossiyaning Pakaxin konida sodir bo‘lgan yong‘inda vafot etgan o‘zbekistonliklarning jasadlari O‘zbekistonga qaytarilyapti. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 2019-yilning 8-dekabr kuni Tazov tumani Pakaxin konida sodir bo‘lgan yong‘inda 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi vafot etgan.
Bugunga qadar kondagi yong‘inda vafot etgan o‘zbek fuqarolarining shaxsini aniqlash bo‘yicha protsessual jarayonlar, konsullik huquqiy masalalar va zarur hujjatlarni rasmiylashtirish ishlari yakunlangan.