Eron Suriyaga Amerika qo‘shinlarini mamlakatdan olib chiqishda yordam berishga tayyor

© Sputnik / Vladimir Vatkin / Mediabankka o‘tishAmerikanskie soldati
Amerikanskie soldati - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Eron oliy yetakchisining maslahatchisi Eron Suriyaga mamlakatda noqonuniy bo‘lib turgan Amerika qo‘shinlarini olib chiqishda yordam berishga tayyorligini bildirdi.

TOShKENT, 25 dek — Sputnik. Eron Suriyaga mamlakatda noqonuniy bo‘lib turgan Amerika qo‘shinlarini olib chiqishda yordam berishga tayyor. Bu haqda Eron oliy yetakchisining maslahatchisi Ali Akbar Viloyatiy RT Arabic telakanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

U AQSh Suriya neftlarini o‘g‘irlab kelayotgani, prezident Donald Tramp esa Suriya xalqining qarshiligiga qaramasdan uni tunab kelayotgani va “xalqaro o‘g‘ri” ekanini ta’kidlagan.

Udari rossiyskix Vozdushno-kosmicheskix sil po kolonnam benzovozov - Sputnik O‘zbekiston
Mudofaa vazirligi AQSh Suriyada neft kontrabandasi bilan shug‘ullanishini isbotladi

“Biz Suriya hukumatining iltimosiga javoban va imkonimiz qadar Amerika qo‘shinlarini olib chiqishda yordam ko‘rsatishga tayyormiz”, - degan Viloyatiy.

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Turkiyaning Suriya shimoliy-sharqidagi harbiy amaliyoti fonida ushbu mintaqadan qo‘shinlarning katta qismini olib chiqib ketgan edi. Amerikalik harbiylar mamlakatning janubi va sharqida kam sonda qolgan. Pentagonning bayonotlariga ko‘ra, ular mahalliy kurd qismlariga neft konlarini qo‘riqlashda yordam berib kelmoqda.

Suriya prezidenti Bashar Asad AQSh egallab olgan Suriyadagi konlardagi neftni Turkiyaga sotib kelayotganini ma’lum qilgan edi.

AQSh va uning ittifoqchilari 2014-yildan buyon Suriyada mamlakat ruxsatisiz harbiy amaliyot o‘tkazib kelishadi. Eron harbiy maslahatchilari Suriyada hukumat taklifiga binoan bo‘lib turishibdi.

Yangiliklar lentasi
0