O‘zbekistonda MDHga bag‘ishlangan hujjatli filmlar turkumi suratga olinadi

© "Uzbekkino"Vstrecha predsedatelya Ispolkoma SNG Sergeya Lebedeva s gendirektorom "Uzbekkino" Firdavsom Abduxalikovim v Tashkente
Vstrecha predsedatelya Ispolkoma SNG Sergeya Lebedeva s gendirektorom Uzbekkino Firdavsom Abduxalikovim v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Filmlar O‘zbekiston va MDH davlatlarining 2020-yildagi hamkorligi haqida hikoya qilishi va MDHga a’zo davlatlar davlat kanallari orqali namoyish etilishi rejalashtirilmoqda.

TOShKENT, 24 dek — Sputnik. MDH Ijroiya qo‘mitasi O‘zbekistonning hamkorlikda hujjatli filmlar turkumini yaratish g‘oyasini to‘liq qo‘llab-quvvatladi.

Bu haqda Toshkentda “O‘zbekkino” Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi Sergey Lebedev ma’lum qildi.

MDH Ijroiya qo‘mitasi MDH davlatlarining yutuq va muvaffaqiyatlari, Hamdo‘stlikning shakllanishi va rivojlanishi tarixining muhim bosqichlariga bag‘ishlangan hujjatli filmlarni yaratishda O‘zbekistonga har tomonlama yordam beradi.

“MDH Ijroiya qo‘mitasi ushbu qiziqarli loyihani amalga oshirishda O‘zbekistonga, xususan “O‘zbekkino” ga har tomonlama yaqindan ko‘mak beradi. Biz muzokaralarga, tashkiliy masalalarda maslahatlarimiz bilan yordam berishga tayyormiz. Ushbu hamkorlik O‘zbekistonning kelgusi yilda MDHga raislik qilishida ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi,”- dedi Lebedev.

U 2020-yilda qanday tadbirlar bo‘lib o‘tishi va ularda O‘zbekistondan suratga olish guruhi qay tarzda ishtirok etishini batafsil gapirib o‘tdi. Shuningdek, Lebedev “O‘zbekkino” Milliy agentligiga “Mir” davlatlararo teleradiokompaniyasi bilan kinofilmlar bo‘yicha hamkorlikdagi ishlarni tashkil etishda ham yaqindan yordam ko‘rsatishga tayyor ekanligini bildirdi.

Shokir Xolikov, rejisser filma Chay - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbek filmlari Xalqaro Osiyo kinofestivalida ilk marotaba g‘olib bo‘ldi

“Ishonchim komilki, biz ushbu loyihani yuqori darajada amalga oshira olamiz va kelgusi yilning asosiy vaqealarini O‘zbekistonning MDH ga raislik yili sifatida yoritib beramiz, - dedi “O‘zbekkino” rahbari Firdavs Abduxoliqov.

Ta’kidlanishicha, yaqin kelajakda tomonlar o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolanadi va loyihani batafsil amalga oshirish ishlari ko‘rib chiqiladi.

Filmlar O‘zbekiston va MDH davlatlarining 2020-yildagi hamkorligi haqida hikoya qilishi va MDHga a’zo davlatlar davlat kanallari orqali namoyish etilishi rejalashtirilmoqda.

Bundan tashqari kelgusi yilning 16-oktabrida Toshkentda bo‘lib o‘tadigan MDH ga a’zo davlat rahbarlari sammitida 10 daqiqali hujjatli film tayyorlash va namoyish etish belgilab qo‘yildi.

Yangiliklar lentasi
0