O‘zbek filmlari Xalqaro Osiyo kinofestivalida ilk marotaba g‘olib bo‘ldi

© press-slujba "Uzbekkino"Shokir Xolikov, rejisser filma "Chay"
Shokir Xolikov, rejisser filma Chay - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“DigiCon6 Asia Awards 2019” nufuzli xalqaro festivalda yosh o‘zbek kinoijodkorlari birinchi marta sovrinlarga ega bo‘lishga muvaffaq bo‘lishdi.

TOShKENT, 1 dek - Sputnik. O‘zbekistonlik yosh rejissorlar Mahliyo Asqaraliyevaning “Sovg‘a” va Shokir Xoliqovning “Choy” filmi Gongkongda bo‘lib o‘tgan “DigiCon6 Asia Awards 2019” nufuzli xalqaro festivalning sovrinlariga ega chiqishdi. Bu haqda "O‘zbekkino" milliy agentligi xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, “Sovg‘a” filmi festivalning “Next Generation” nominatsiyasida g‘olib deb topilgan va sovrin bilan birga pul mukofoti bilan ham taqdirlangan. Ushbu film yoshi 25 gacha bo‘lgan yosh Osiyolik rejissorlarning ishlari orasida birinchi o‘rinni egalladi.

Film Chay molodogo uzbekskogo rejissera zavoyeval Gran-pri v Kannax - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbek filmlari ilk bor nufuzli xalqaro kinofestivalda mukofot uchun kurashadi

“Choy” filmi esa festivalning ikki nominatsiyasida sovrin olishga erishdi. Ushbu asar Osiyo mintaqasining a’zo mamlakatlari orasida “Mintaqa oltin g‘olibi” sovrini bilan taqdirlandi va nufuzli festivalning Gran-Pri sovrinidan keyingi o‘rinda turadigan sovrinni ham oldi.

Ta’kidlanishicha, “DigiCon6 Asia Awards 2019” festivalida birinchi marta qatnashgan yosh o‘zbek kino ustalarining filmlari tomoshabinlar va hakamlarni mahliyo qilishga erishishgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbek filmlari ilk bor nufuzli xalqaro kinofestivalda mukofot uchun kurashishlari xabar qilingan edi. Festival mukofotiga Shokir Xoliqovning “Choy” va Mahliyo Asqaraliyevaning “Sovg‘a” filmi taqdim etilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0