Samolyotda yo‘lovchi havo kemasi xodimiga tashlandi

Obuna bo‘lish
Toshkent mahalliy aeroportidan “Toshkent – Namangan” yo‘nalishida uchayotgan yo‘lovchi havo kemasi bort kuzatuvchilari brigadiri bilan janjalashib, unga tan jarohati yetkazgan.

TOShKENT, 24 dek – Sputnik. Toshkent mahalliy aeroportidan “Toshkent – Namangan” yo‘nalishida uchayotgan yo‘lovchi havo kemasi bort kuzatuvchilari brigadiri bilan janjalashib, unga tan jarohati yetkazgan. Bu haqda IIV Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi axborot xizmati ma’lum qildi.

Tuman samolet - Sputnik O‘zbekiston
Vodiyga uchgan samolyot noqulay ob-havo sabab Toshkentga qo‘ndi

Qayd etilishicha, shu yilning 8-dekabr kuni 1989-yilda tug‘ilgan fuqaro O.L. Toshkent mahalliy aeroportidan “Toshkent – Namangan” yo‘nalishidagi reysda uchish uchun havo kemasiga chiqqan. 

So‘ng samolyot bortidagi yo‘lovchilar va havo kemasi ekipaji oldida jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan buzib, bort kuzatuvchilari brigadiri R.Muxametzanova bilan o‘zaro janjal chiqargan, uni turli so‘zlar bilan haqorat qilgan.

Holat bo‘yicha yetib kelgan xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi xodimlarining tinchlantirishiga qaramay, ayol to‘satdan bort kuzatuvchilari brigadiriga tashlanib, uni urib-do‘pposlagan, bo‘yin qismining chap sohasiga tan jarohati yetkazgan.

Hozirda holat yuzasidan fuqaro O.L.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Yangiliklar lentasi
0