TOShKENT, 12 dek - Sputnik. Bugun, 12-dekabr kuni, Namangan va Farg‘ona aeroportlarida noqulay ob-havo sharoiti (kuchli tuman) tufayli, Red-Wings aviakompaniyasi Moskva-Namangan yo‘nalishida parvoz qilgan RWZ405 reysi mahalliy vaqt bilan 05:57 da Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘nishiga to‘g‘ri keldi.
Ma’lum qilishlaricha, Toshkent aeroportida yo‘lovchilarni kutish uchun qulayliyelar, barcha sharoitlar yaratilgan, shu jumladan issiq ovqat ham mavjud.
Soat 16:00 holatiga ko‘ra, ushbu reysdagi 219 yo‘lovchining 61 nafari Toshkent aeroportida qolmoqda. Red-Wings aviakompaniyasi yo‘lovchilarni mehmonxonaga joylashtirish choralarini ko‘rmoqda.
Namangan va Farg‘ona viloyatlariga aviareysda borish uchun noqulay ob-havo tufayli aniq muddat hozircha ma’lum qilinmagan.