O‘zbekistonda 11 oyda qancha avtomobillar import qilingani aytildi

© GUVD g. TashkentaAvtomobili svadebnogo korteja, voditeli kotorix narushili PDD
Avtomobili svadebnogo korteja, voditeli kotorix narushili PDD - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yengil avtomobillarning O‘zbekistonga import qilinishi esa 2019-yil yanvar-noyabr oylarida 370,6 million dollarga to‘g‘ri kelgan.

TOShKENT, 24 dek – Sputnik. Joriy yil 11 oyi mobaynida respublika tashqi savdo aylanmasining hajmi 38 269,9 mln dollarni tashkil etgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Avtomobili v tonnele - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda yangi pullik tonnellar va avtomobil yo‘llari qurilishi rejalashtirilmoqda

2019 yil yanvar-noyabr oylarida respublika tashqi savdo aylanmasining hajmi 38 269,9 mln.AQSh dollariga yetgan. Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 9 588,0 mln dollarga o‘sganligi ko‘rsatadi.

Ushbu ko‘rsatkichdan eksport haji 16 255,1 mln, import hajmi esa 22 014,8 mln dollarga teng bo‘lgan.

Shuningdek, O‘zbekiston bugungi kunda 90 ga yaqin mamlakat bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelayotgani aytiladi.

Respublika tashqi savdo aylanmasining dunyo davlatlari qatoriga nisbatan salmoqli hissasi XXRda 19,2 %, RFda 15,2%, Qozog‘istonda 8,4 %, Koreya Respublikasida 6,6 %, Turkiyada 5,9 %, Germaniyada 2,4 % va Qirg‘izistonda 2,0 % ga to‘g‘ri kelgan.

Joriy yilning yanvar-noyabr oylarida import hajmi 22 014,8 mln dollarga teng bo‘lgan. Eng katta amashina va asbob uskunalar hamda ularning qismlari importi 44,1% ni tashkil etgan.

Yengil avtomobillarning O‘zbekistonga import qilinishi esa 2019-yil yanvar-noyabr oylarida 370,6 million dollarga to‘g‘ri kelgan. Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 52,6 % ko‘payganini ko‘rsatadi.  

Yangiliklar lentasi
0