TOShKENT, 11 dek – Sputnik. O‘zbekistonda yangi pullik tonnellar va avtomobil yo‘llari qurilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqida 9-dekabr kuni imzolangan 4545-sonli prezident qarorida aytib o‘tilgan.
Qarorda xususan, davlat-xususiy sherikchilik shartlarida quyidagi pullik avtomobil yo‘llari va tonnellari loyihalarini aytib o‘tilgan:
- “Qamchik” dovonida yangi pullik tonnel qurish, Jahon banki bilan hamkorlikda;
- “Taxtaqoracha”dovonida yangi pullik tonnel qurish, YeTTB bilan hamkorlikda;
- “Sirdaryo – Baxt” shaharlarini aylanib o‘tuvchi pullik avtomobil yo‘li qurilishi;
- “Toshkent – Samarqand” pullik avtomobil yo‘li qurilishi;
- “Toshkent – Andijon” pullik avtomobil yo‘li qurilishi;
Yuqoridagi yangi loyihalar 2020-yil davomida o‘rganib chiqilib, uni ijro etuvchi tashkilotlar tender asosida tanlab olinadi. Tender g‘olibi bilan shartnoma 2021-yilning may oyida imzolanishi rejalashtirilgan.
Loyiha maqsadga muvofiq emas deb topilgan taqdirda – u belgilangan tartibda to‘xtatiladi, deyilgan qarorda.