Madaniyat vazirligi Filipp Kirkorov konsertidagi raqqosalar chiqishi yuzasidan bayonot berdi

© Sputnik / Ilya PitalevPrazdnichniy konsert na Krasnoy ploshadi, posvashenniy Dnyu Rossii
Prazdnichniy konsert na Krasnoy ploshadi, posvashenniy Dnyu Rossii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi ushbu konsert ssenariysi va qo‘shiqlar mazmuni bilan tanishib chiqqan va e’tiroz bildirmagan – vazirlik.

TOShKENT, 24 dek – Sputnik. Madaniyat vazirligi Filipp Kirkorov konsertidagi raqqosalar chiqishi yuzasidan bayonot berdi.

Joriy yil 18-dekabr kuni “Humo Arena” muz saroyida Filipp Kirkorovning katta shou konsert dasturi tashkil etildi.

Filipp Kirkorov i Yulduz Usmanova v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent Kirkorov konsertidan so‘ng o‘ziga kelmoqda - foto

Konsert dasturida ko‘plab jozibali ko‘shiqlar va raqslar ijro etildi.

So‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda ommalashib borayotgan konsert dasturida ijro etilgan raqslardagi raqqos va raqqosalarning kiyinish madaniyatiga e’tirozlar kuchaydi. Madaniyat vazirligi qayerga qarayapti?, Madaniyat vazirligi bunga qanday ruhsat berdi? -degan gaplar tarqaldi.

“Madaniyat vazirligi tizimidagi “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi ushbu konsert ssenariysi va qo‘shiqlar mazmuni bilan tanishib chiqqan va e’tiroz bildirmagan;

xususiy tadbirkorlar konsert dasturlarini tashkil etishda, yurtimizga gastrol safarlari bilan tashrif buyuradigan san’atkorlarga dasturda kiyinish madaniyati to‘g‘risidagi tushunchani ham berib o‘tishlari lozim, deb o‘ylaymiz;

ushbu konsertdan hulosa qilgan xususiy tadbirkorlarimiz, endilikda ushbu jarayonlarning takror bo‘lmasligini oldini oladi degan umiddamiz.

Yuqoridagilarni e’tiborga olgan holda, xalqimizning madaniyati, ma’naviyati va mentalitetimizni inobatga olib, “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi bundan keyin har bir konsert dasturidagi kiyinish madaniyatiga ahamiyat berishini bildiramiz”, - deyilgan bayonotda.

Yangiliklar lentasi
0