TOShKENT, 19 dek – Sputnik. Kuni kecha rossiyalik xonanda Filipp Kirkorov Toshkentda konsert berdi.
Ijtimoyi tarmoqlarda konsertda tasvirga olingan suratlar tarqaldi.
![Toshkent Kirkorov konsertidan so‘ng o‘ziga kelmoqda - foto Toshkent Kirkorov konsertidan so‘ng o‘ziga kelmoqda - foto - Sputnik O‘zbekiston](https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1305/15/13051575_0:0:1000:2055_600x0_80_0_0_f1b21030ce9a76c034cddbeffb10ebe2.jpg)
Muxlislar ikki tomonga bo‘lindi: foydalanuvchilar konsert "eng yaxshi shou" degan izohlar yozishgan, ayrimlar esa raqossalarning ochiq liboslari yuzasidan tanqidiy izohlar yozishmoqda.
![Toshkent Kirkorov konsertidan so‘ng o‘ziga kelmoqda - foto Toshkent Kirkorov konsertidan so‘ng o‘ziga kelmoqda - foto - Sputnik O‘zbekiston](https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1305/16/13051610_0:0:1000:2055_600x0_80_0_0_ac1ea1535c92a2e2e0c5e6ed670ca888.jpg)
Birinchi navbatda Rossiya estradasi qiroli Yulduz Usmonova bilan uchrashdi.
“Bugun Toshkentda The Best shou! Konsertdan oldin menda O‘zbekiston afsonasi va Buyuk xonanda bilan muhim uchrashuv bo‘ldi”, - deb yozgan artist Instagram sahifasida.
Kecha Humo Arena’da shou bo‘ldi. Bu masalada o‘zbekistonliklar turli mazmundagi izohlar qoldirishdi:
“Bunday konsertga ruxsat berganga uyat”;
"Bu shunchaki xalqimizning urf-odatlari va madaniyatiga tupurish";
"Xumo Arena - bu bolalar maydonchasi. Madaniyat vazirligi qayerga qarayapsizlar?".
Bu konsert haqida ijobiy fikrlar bildirganlar ham bor:
"Siz bilan har doim ajoyib shou!";
"Juda zo‘r. Butun oilamiz bilan bo‘ldik, butun oqshom Kirkorov xitlarga raqs tushdik. Bunday konsert uchun rahmat!";