“Istasalar - marhamat”: Medvedev Ukraina bilan o‘zaro sanksiyalarni olib tashlash haqida

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishPremyer-ministr RF D. Medvedev prinyal uchastie v zasedaniyax Soveta glav pravitelstv SNG i Yevraziyskogo mejpravitelstvennogo soveta
Premyer-ministr RF D. Medvedev prinyal uchastie v zasedaniyax Soveta glav pravitelstv SNG i Yevraziyskogo mejpravitelstvennogo soveta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya Ukraina bilan o‘zaro cheklovlarni olib tashlash borasida muzokaralar o‘tkazishni boshlashi mumkin. Biroq bir shart bor.

TOShKENT, 24 dek — Sputnik. Rossiya Ukraina bilan o‘zaro cheklovlarni olib tashlash borasida muzokaralar o‘tkazishni boshlashi mumkin, bashartiki, Kiyev bunday tashabbus bildirsa. Bu haqda RIA Novosti Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev so‘zlariga asoslangan holda xabar qildi.

Medvedevning so‘zlariga qaraganda, hozirda ikki davlat Vazirlar mahkamasi darajasidagi aloqalar to‘xtatib qo‘yilgan.

“Hozir aloqalarimiz to‘xtatib qo‘yilgan (Rossiya va Ukraina hukumati rahbarlari o‘rtasida – tahr.), tabiiyki, qo‘ng‘iroqlashmaymiz va yozishib turmaymiz”,  - dedi Medvedev.

Novoe xranilishe gaza - Sputnik O‘zbekiston
Moskva va Kiyev gaz tranziti bo‘yicha kelishib oldi

Biroq u Rossiya bosh vazir o‘rinbosari Dmitriy Kozak ukrainalik hamkasbi bilan gaz masalasi bo‘yicha muloqot qilganini eslatdi. Shuningdek, ikki davlat energetika vazirlari muloqot qilishmoqda.

“Men hech narsani istisno qilmayman: istasalar – marhamat. Biz hamisha ularga aytganmiz: istasangiz, hatto ikki tomonlama sanksiyalar to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqishga tayyormiz, lekin buning uchun siz tomondan qandaydir tashabbus bo‘lishi lozim, chunki sanksiyalarni birinchi bo‘lib siz kiritgansiz”, - deya tushuntirdi Rossiya bosh vaziri.

Kiyev Mosvaga qarshi sanksiyalarni 2014-yil bahorida Qrimning Rossiya tarkibiga qo‘shilgani hamda Donbassda mojaro boshlanishi sabab kiritishni boshladi. Rossiya ham javob choralari ko‘rdi. O‘shandan buyon o‘zaro cheklovlar chorasi bir necha marta kengaytirildi.

Yangiliklar lentasi
0