TOShKENT, 21 dek - Sputnik. Moskva va Kiyev Ukraina orqali gaz yetkazib berishni davom ettirish shartlarini muvofiqlashtirib oldi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.
“Rossiya va Ukraina tomoni Ukraina hududi orqali gaz tranzitini davom ettirish va o‘zaro da’volarni hal etish to‘g‘risidagi bayonnomani imzoladi”, - deya ma’lum qilgan “Gazprom” kompaniyasi vakili.
Biroq yangi gaz kelishuvlarining batafsil ma’lumotlari ochiqlanmagan.
Ukraina orqali gaz tranzitining amaldagi shartnoma muddati joriy yil oxirida o‘z yakuniga yetadi. Moskva va Kiyev bitimni uzaytirish imkoniyatini ikki tomonlama uchrashuvlar va Yevrokomissiya ishtirokida uch tomonlama muzokaralarda muhokama qilgan edi.