Amerikaga borish orzusi qimmatga tushdi

© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka o‘tishGoroda mira. Nyu-York
Goroda mira. Nyu-York - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Samarqandda AQShga ishga bormoqchi bo‘lgan ayol firibgar tuzog‘iga ilinib, yirik mablag‘idan ayrildi.

TOShKENT, 19 avg – Sputnik. Samarqandda AQShga ishga bormoqchi bo‘lgan ayol firibgar tuzog‘iga ilinib, yirik mablag‘idan ayrildi.

Inostrannie grajdane v ocheredi na daktiloskopicheskuyu registratsiyu, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Mehnat vazirligi chetga ishga ketmoqchi bo‘lgan fuqarolarga zarur eslatma bilan chiqdi

IIV xabariga ko‘ra, 2018-yil sentabr-noyabr oylarida Pastdarg‘om tumanida yashovchi 33 yoshli Sh.T.Samarqand shahridagi Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida fuqaro 35 yoshli G.S. ismli ayolni AQShga ishga yuborishlikni aytib, undan 35800 AQSh dollarini olgan.  

Qayd etilishicha, u shu kunga qadar bergan va’dasini bajarmay, pullarni o‘z ehtiyoji uchun ishlatib yuborgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Sh.T.qo‘lga olingan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0