TOShKENT, 22 dek – Sputnik. O‘zbekistonda qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida ovoz berishi huquqiga ega 3619 nafar mahbus ro‘yxatga olingan. Bu haqda O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasida bo‘lib o‘tgan brifingda Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, ulardan 1344 nafari nafari jazoni ijro etish koloniya manzillarida, 2275 nafari esa tergov hibsxonalarida ovoz berishi mumkin. Ushbu saylovchilar uchun 25 ta uchastkalar ochilgan.
So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, soat 11.00ga qadar qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida ro‘yxatga olingan saylovchilarning 2715 nafari yoki 75 foizi ovoz berish huquqidan to‘liq foydalangan.
Ayni paytda xorijiy kuzatuvchilarning 6 nafari qamokda saqlash va ozodliklan maxrum etish joylaridagi saylov uchastkalarida qatnashmoqdalar.