“Har bir oila – tadbirkor” va kreditlar: tartibga o‘zgartirish kiritiladi

© SputnikKupuri nomiralom patdesat tisach sumov
Kupuri nomiralom patdesat tisach sumov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Markaziy bank “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida kreditlar ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida idoralararo qaror loyihasini tayyorladi.

TOShKENT, 22 dek – Sputnik. Markaziy bank “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida kreditlar ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida idoralararo qaror loyihasini tayyorladi.

Kupuri nominalom patdesat tisach sumov - Sputnik O‘zbekiston
Arzon uy-joylar va imtiyozli kredit: ayrim qarorlarga o‘zgartirish kiritildi

Loyihada yozilishicha, muqaddima quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi, “Mikromoliyalash to‘g‘risida”gi, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-avgustdagi PF-5780-son “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlarini kuchaytirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarni tashkil qilish tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar, shuningdek, tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy resurslar va ishlab chiqarish infratuzilmasidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish to‘g‘risida”gi Farmoni, 2018-yil 7-iyundagi PQ-3777-son “Har bir oila – tadbirkor” dasturini amalga oshirish to‘g‘risida”gi, 2019-yil 7-martdagi PQ-4231-son “Hududlarda aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi va 2019-yil 24-oktabrdagi PQ-4498-son “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarni kreditlash tartibini takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlariga asosan “Har bir oila – tadbirkor” dasturi (bundan buyon matnda dastur deb yuritiladi) doirasida AT Xalq banki, “Mikrokreditbank” ATB va “Agrobank” ATB (bundan buyon matnda tijorat banklari deb yuritiladi) tomonidan kreditlar ajratish tartibini belgilaydi.”.

Nizomning 4-band quyidagi tahrirda bayon etish:

“Kreditlar:

tijorat banklari orqali O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasida;

2021 yil 1-yanvardan tijorat banklari tomonidan bozor tamoyillari asosida mustaqil ravishda o‘rnatiladigan stavkalarda ajratiladi.

Tijorat banklari tomonidan bozor tamoyillari asosida mustaqil ravishda o‘rnatiladigan stavkalarda beriladigan kreditlar bo‘yicha belgilangan tartibda foiz xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilish mexanizmi qo‘llaniladi.”.

Barcha o‘zgatirishlar bilan quyidagi havola orqali tanishingiz mumkin.

Yangiliklar lentasi
0