TOShKENT, 4 sen – Sputnik. Prezidentning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, jismoniy shaxslarga qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish uchun kreditlar 20-yil muddatga, 2-yillik imtiyozli davr bilan (hozirga qadar 3-yillik), birinchi 5-yil mobaynida yillik 7 foiz, keyingi davrda qayta moliyalashtirish stavkasi miqdorida beriladi.
2020 yil 1-yanvardan boshlab esa 1-yillik imtiyozli davr bilan, birinchi 5-yil davomida har yili foiz stavkasini qat’iy belgilangan 7 foizdan qayta moliyalashtirish stavkasi darajasigacha bosqichma-bosqich oshib boradigan stavkada va keyingi davrda qayta moliyalashtirish stavkasida beriladi.