Saylov tashviqoti qoidalarini buzgan kishiga chora ko‘rildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNochnoy Tashkent
Nochnoy Tashkent - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Saylov kodeksining 44-moddasiga ko‘ra, saylov kuni va ovoz berishga bir kun qolganida tashviqot olib borish taqiqlangan.

TOShKENT, 22 dek – Sputnik. Deputatlikka nomzod ma’muriy javobgarlikka tortildi, deb xabar qildi Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Glava MVD Uzbekistana Pulat Babadjanov - Sputnik O‘zbekiston
Farg‘ona viloyatida noqonuniy tashviqot holati aniqlandi – Ichki ishlar vaziri

“Saylov kodeksining 44-moddasiga ko‘ra, saylov kuni va ovoz berishga bir kun qolganida tashviqot olib borish taqiqlangan.

Ushbu tartib qonun bilan qat’iy belgilab qo‘yilishiga qaramasdan, Xalq deputatlari Quva tuman kengashiga “Adolat” sotsial demokratik partiyasidan nomzodi ko‘rsatilgan B.Mavlonovning ishonchli vakili X.Abdullayev 2019-yil 22-dekabr kuni soat 08:30 larda o‘zining “Lasetti” rusumli avtomashinasi oldi qismiga “Adolat” sotsial demokratik partiyasi, ikki yon tomonlariga “Mavlonov Bahromjonga ovoz bering” degan yozuvlarni oddiy bo‘yoqda yozib olib, Quva tumani, Jalayor okrugi hududidagi 25-sonli maktabda joylashgan 589-sonli, Mehnatobod qishlog‘i 51-maktabda joylashgan 743-sonli saylov uchastkalari oldida avtomashina oynalarini ochgan holda “Mavlonov Bahromjonga ovoz beringlar” deb targ‘ib qilgan.

Ushbu holat yuzasidan, Quva tuman prokuraturasi tomonidan B.Mavlonovning ishonchli vakili X.Abdullayevga nisbatan MJtKning 51-5-moddasi bilan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atilib, to‘plangan hujjatlar mazmunan ko‘rib chiqish uchun Quva tuman ma’muriy sudiga yuborilgan”, - deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Olmazor saylov okrugidan Toshkent shahar deputatligiga nomzodi ko‘rsatilgan A.M.Ahmedovning saylovoldi tashviqotlari yuzasidan ma’muriy ish qo‘zg‘atilgandi.

38-Olmazor saylov okrugidan Toshkent shahar kengashi deputatligiga nomzodi ko‘rsatilgan A.M.Axmedov joriy yilning 15-16 dekabr kunlari Chilonzor tumani “Katta Chilonzor-1” hamda “Katta Chilonzor-2” MFYlari hududida o‘tkazilgan yarmarkalarda ishtirok etgan.

Shuningdek, saylovchilar bilan uchrashib, ularga “O'zlidep” logotipi joylashtirilgan peshtaxtalar orqali rahbarligidagi tashkilot tomonidan ishlab chiqarilgan un va yog‘ mahsulotini imtiyozli narxda sotgan. Saylovchilarga shu tariqa saylovoldi tashviqotini olib borgan.

Axmedovga nisbatan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atilib, to‘plangan hujjatlar ma’muriy ishlar bo‘yicha Chilonzor tuman sudiga yuborilgan.

Yangiliklar lentasi
0