TOShKENT, 28 noya – Sputnik. Astraxan viloyatidagi “Kapustin Yar” poligonidan "Topol" qit’alararo ballistik raketa uchirildi, deb xabar qildi Rossiya mudofaa vazirligi. RIA Novosti xabariga asosan.
Raketaning o‘quv-jangovar qismi Qozog‘istondagi joylashgan poligonda belgilangan marrani aniq nishonga oldi.
Ta’kidlanishicha, raketa uchirish vazifalari to‘liq bajarildi.
"Topol" (NATO klassifikatsiyasi bo‘yicha — "Serp", SS-25 "Sickle") — uch bosqichli qit’alararo ballistik raketasi RT-2PM.
1993 yildan 2006-yilgacha “Pleseys” va “Svobodniy” kosmodromlaridan "Start-1" raketalari 7-marta uchirilgan, ulardan 6 tasi muvaffaqiyatli amalga oshirildi.