“Qamchiq” dovonining avtomobil yo‘li qordan tozalandi

© MChS UzbekistanaPereval Kamchik funksioniruyet v shtatnom rejime, dvijenie otkrito
Pereval Kamchik funksioniruyet v shtatnom rejime, dvijenie otkrito - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘li “Qamchiq” dovonida joriy yilning 22-dekabr kuni soat 11:40 dan avtotransport vositalarining ikki tomonlama harakati yo‘lga qo‘yildi.

TOShKENT, 22 dek – Sputnik. “Qamchiq” dovonida avtotransport vositalarining harakati tiklandi, deb xabar qildi FVV matbuot xizmati.

 S perevala Kamchik evakuirovani voditeli i passajiri avtotransporta. - Sputnik O‘zbekiston
“Qamchiq” dovonidagi vaziyat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berildi

Eslatib o‘tamiz, 2019-yil 21-dekabr kuni soat 08:00 da A-373 “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lining “Qamchiq” dovonida qor ko‘chkisi havfi bo‘lganligi sababli dovonda avtotrasport vositalarining harakati to‘xtatilgan edi.

2019 yil 21-22 dekabr kunlari FVV, MV, IIV, “O‘zavtoyo‘l” davlat qo‘mitasi kuch va vositalari tomonidan “Qamchiq” dovonining avtomobil yo‘li qordan tozalandi.

“O‘zgidromet” markazining qor ko‘chkisi mavjud emasligi to‘g‘risidagi bulleteniga asosan, “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘li “Qamchiq” dovonida joriy yilning 22-dekabr kuni soat 11:40 dan avtotransport vositalarining ikki tomonlama harakati yo‘lga qo‘yildi.

Yangiliklar lentasi
0