“Qamchiq” dovonidagi vaziyat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berildi

© MSCh S perevala Kamchik evakuirovani voditeli i passajiri avtotransporta.
 S perevala Kamchik evakuirovani voditeli i passajiri avtotransporta. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayni damda 45 ta texnika jalb qilingan, 314 nafar shaxsiy tarkib yo‘llarni tozalash ishlarini amalga oshirilmoqda. Yo‘lovchilarni evakuatsiya qilish uchun qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdi qo‘yilgan.

TOShKENT, 21 dek - Sputnik. Favqulodda vaziyatlar vazirligi “Qamchiq” dovonidagi vaziyat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berdi.

“Qamchiq” dovoni orqali harakat vaqtinchalik to‘xtatildi

Qayd etilishicha, ayni damda 45 ta texnika jalb qilingan, 200 ga yaqin shaxsiy tarkib tomonidan “Qamchiq” dovonidan o‘tishga ulgurmagan avtotransport haydovchilari va yo‘lovchilar barcha sharoitlar bilan ta’minlangan FVVning 15 ta nazorat kuzatuv postlariga, “Qamchiq” otradiga, qolaversa, Toshkent viloyatining Ohangaron va Angren shaharlari hamda Namangan viloyatining Pop tumanidagi mavjud umumovqatlanish shoxobchalari (issiq ovqat, ichimlik suvi, dam olish joylari)ga evakuatsiya qilish ishlari tashkillashtirilmoqda.

Transport vositalarining uzluksiz va xavf-xatarsiz harakatini ta’minlash maqsadida, “Qamchiqavtoyo‘l” Ixtisoslashgan yo‘llardan foydalanish unitar korxonasidan 115 ta maxsus muxandislik-texnikalari va 314 nafar shaxsiy tarkib jalb qilinib, yo‘llarni tozalash ishlari amalga oshirilmoqda.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Angren elektrofikatsiyalashtirilgan temir yo‘l orqali qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdi qo‘yilib, Toshkent viloyatining Ohangaron, Angren va Orzu stansiyalaridan aholini evakuatsiya qilish ishlarini tashkillashtirdi.

© MChSS perevala Kamchik evakuirovani voditeli i passajiri avtotransporta.
“Qamchiq” dovonidagi vaziyat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berildi - Sputnik O‘zbekiston
S perevala Kamchik evakuirovani voditeli i passajiri avtotransporta.

Xabarda ushbu vaziyat oqibatida jabrlanganlar yo‘q va talofatlar aniqlanmagani qo‘shimcha qilingan.

Vazirlik fuqarolarga “Qamchiq” dovonida ob-havo barqaror bo‘lmaguniga qadar dovon orqali vaqtinchalik harakatlanmaslikni tavsiya etgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq A-373 “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lida qor ko‘chkisi xavfi mavjud bo‘lganligi bois “Qamchiq” dovonida avtotransport vositalarining harakati vaqtinchalik to‘xtatilgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0