Oliy sud raisi: sud Internetdan olib ish ko‘rmaydi – rasmiy murojaat lozim

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaPredsedatel Verxovnogo suda Uzbekistana Kazimdjan Kamilov
Predsedatel Verxovnogo suda Uzbekistana Kazimdjan Kamilov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kozimjon Komilovning so‘zlariga qaraganda, hozirgacha 4 ta ma’muriy huquqbuzarlik ro‘y bergan va saylovdagi huquqbuzarlik bo‘yicha hamma sudlar oshkora tartibda ko‘rilgan.

TOShKENT, 22 dek — Sputnik. Oliy sud raisi Kozimjon Komilov hozirgi kunga qadar saylov kampaniyasi boshlangandan buyon sudlarga tuman (shahar), viloyat Xalq deputatlari kengashi saylovini o‘tkazish va tashkil etish bilan bog‘liq 7 ta shikoyat kelib tushganini ma’lum qildi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Uning so‘zlariga qaraganda, hozirgacha 4 ta ma’muriy huquqbuzarlik ro‘y bergan va saylovdagi huquqbuzarlik bo‘yicha hamma sudlar oshkora tartibda ko‘rilgan.

Generalniy prokuror Uzbekistana Nigmatulla Yuldashev - Sputnik O‘zbekiston
Bosh prokuror saylovga oid prokuraturaga nechta murojaat kelib tushganini ma’lum qildi

Komilov sud internetdan olib ish ko‘rmasligi va buning uchun rasmiy murojaat lozimligini ta’kidladi.

Qayd etilishicha, Oliy sud raisining 2019-yil 13-dekabrdagi 35-farmoyishiga asosan saylov o‘tkazilishi munosabati bilan sudlarga kelib tushadigan murojaatlarni qisqa muddatlarda va qonuniy ko‘rib chiqilishini ta’minlash maqsadida Oliy sudga hamda barcha sudlarda shtablar tuzilib, 2019-yil 16-dekabrdan 2020-yil 3-yanvarga qadar barcha viloyatlar va unga tenglashtirilgan ma’muriy sudlar, tuman (shahar) ma’muriy sudlarida uzluksiz navbatchilik tashkil etilgan.

Saylov bilan bog‘liq ma’muriy nizolar hamda huquqbuzarlikka oid ishlarni ko‘rib chiqish ma’muriy sudlar sudloviga taaluqlidir.

Bugungi kunda respublika bo‘yicha 213 ta ma’muriy sudlar tashkil etilgan bo‘lib, ularda faoliyat ko‘rsatish uchun 278 ta sudyalik lavozimlari shtati belgilangan.

Yangiliklar lentasi
0