TOShKENT, 22 dek – Sputnik. Fransiyaning amaldagi prezidenti Emmanuel Makron muddatidan avval sobiq prezident sifatida beriladigan pensiyadan voz kechdi. RIA Novosti Le Parisien nashriga asosan xabar qildi.
Nashrga hukumatdagi manba bergan ma’lumotida aytilishicha, bu birinchi prezidentlik davrining oxirida (2022 yil may) to‘lanadigan to‘lovlar, agar u ikkinchi muddatda qolsa, unga beriladigan nafaqasi oyiga (6,220 yevro) tegishli.
"Biz tanlangan amaldorlar o‘z xatti-harakatlari bilan o‘rnak ko‘rsatadigan davrda yashayapmiz", - dedi suhbatdosh.
Unga ko‘ra, Makronning qarori mamlakatdagi hozirgi vaziyat bilan bog‘liq: dekabr oyidan boshlab Fransiyada pensiya islohotiga qarshi ish tashlash bo‘lib o‘tdi, buning natijasida ayrim toifalar, shu jumladan transport xodimlari bir qator imtiyozlardan va maxsus pensiya rejimlaridan mahrum bo‘lishlari mumkin.