O‘zbekistonda kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi

© SputnikKupuri nominalom patdesat tisach sumov
Kupuri nominalom patdesat tisach sumov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi. So‘nggi muddat etib 2019-yil 31-dekabr belgilangan.

TOShKENT, 21 dek - Sputnik. O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi.

Uzbekskie denejnie znaki - sum - Sputnik O‘zbekiston
Yangi o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari belgilandi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabariga ko‘ra, bu Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2019-yil 20-dekabrdagi 6-son bayonida belgilab qo‘yilgan.

Bayon bilan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga (kunduzgi, sirtqi, kechki, maxsus sirtqi ta’lim shakllari) hamda magistratura mutaxassisliklariga to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan (shu jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish istagini bildirgan) abituriyentlar, o‘qishi ko‘chirilgan va qayta tiklangan talabalar hamda xorijiy fuqarolar o‘qishi uchun to‘lov-kontrakt mablag‘larining birinchi yarmini o‘tkazish va ularni talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati etib 2019-yil 31-dekabr (shu kuni ham) belgilangan.

Yangiliklar lentasi
0