Yangi o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari belgilandi

© SputnikUzbekskie denejnie znaki - sum
Uzbekskie denejnie znaki - sum - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda 2019-2020 o‘quv yili uchun kontraktlar narxi ma’lum bo‘ldi.

TOShKENT, 6 sen - Sputnik.  2019/2020-o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bir nafar talabani to‘lov-kontrakt shaklida bir yillik o‘qitish qiymati miqdorlari belgilangan tartibda tasdiqlandi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Bakalavriat, magistratura va ikkinchi mutaxaxassislik bo‘yicha kunduzgi ta’lim shaklida to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalar kontrakt miqdorini stipendiyali yoki stipendiyasiz holda to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkin.

Jadvalda kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha to‘lov-kontrakt qiymati miqdorlari stipendiya to‘lovlarini inobatga olgan holda tasdiqlangan shaklda keltirilgan.

© Press-slujba Ministerstva visshego i srednego spetsialnogo obrazovaniyaStoimost obucheniya v vuzax Uzbekistana na kontraktnoy osnove
Yangi o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari belgilandi  - Sputnik O‘zbekiston
Stoimost obucheniya v vuzax Uzbekistana na kontraktnoy osnove

Stipendiyasiz qiymat miqdorlari, har oylik talabaga to‘lanishi belgilanayotgan 400 000 so‘m, bir yilda jami 4 800 000 so‘mni chegirib tashlash hisobiga shakllantiriladi.

Misol uchun, bakalavriatning pedagogika ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida tahsil oladigan talaba 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab, quyidagi tartibda to‘lovlarni amalga oshirishi mumkin:

- Stipendiya bilan – 10 792 960 so‘m (Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga nisbatan 17 barobarida).

- Stipendiyasiz – 5 992 960 so‘m (10 792 960 so‘m -  4 800 000 so‘m)

Eslatib o‘tamiz, 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalarga oylik to‘lanadigan stipendiya miqdori 400 000 so‘m etib belgilanadi.

O‘zbekiston prezidenti farmoni bilan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 2019-yil 1-avgustdan boshlab 634 880 so‘m etib belgilangan.

Yangiliklar lentasi
0