TOShKENT, 21 dek - Sputnik. 2020-yildan boshlab Janubiy Koreyaning “Korea Energy Agency” (KEA) va “Korea Industrial Consulting Center” (KICC) kompaniyalari uchun yiliga beg‘araz asosda o‘rtacha 200 ming AQSh dollari miqdorida grant mablag‘lari ajratish niyatida. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Mablag‘lar O‘zbekistonning energetika sohasini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash uchun, jumladan, energiya samaradorligini oshirish sohasida kadrlar tayyorlash uchun sarflanadi.
Bu haqda O‘zbekiston Energetika vazirligida Janubiy Koreya kompaniyalari vakillari bilan muzokaralar chog‘ida ma’lum qilingan.
Ta’kidlanishicha, KICC kompaniyasi energiya samaradorligi sohasida istiqbolli texnik-iqtisodiy asoslash loyihasini tayyorlagan va bu hamkorlikning yana bir yo‘nalishiga aylanishi mumkin bo‘lgan.
Tomonlar 2020-yilning fevral oyigacha hamkorlik yo‘nalishlari va istiqbolli loyihalar ro‘yxati aks etgan memorandumni ishlab chiqish va imzolashni rejalashtirishmoqda.