O‘zbekistonda elektroenergetika sektorini raqamlashtirish rejalashtirilmoqda

© SputnikKonferensiya investorov v oblasti vozobnovlyayemix istochnikov energii i energeticheskoy infrastrukturi RENPOWER Uzbekistan 2019
Konferensiya investorov v oblasti vozobnovlyayemix istochnikov energii i energeticheskoy infrastrukturi RENPOWER Uzbekistan 2019 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan olinadigan elektroenergiya ulushini 2030-2031 yillarga kelib taxminan 21 foizga oshirmoqchi. Energiyaga oid asbob uskunalarni ishlab chiqaruvchilar uchun soliq imtiyozlari joriy etiladi.

TOShKENT, 4-dekabr - Sputnik. O‘zbekiston 2019-2021 yillarda elektroenergetika sektorini raqamlashtirishni rejalashtirmoqda, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Linii elektroperedach, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Tojikiston O‘zbekistonga elektr energiyasi eksport qilishni to‘xtatdi

O‘zbekiston qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan olinadigan elektroenergiya ulushini 2030-2031 yillarga kelib taxminan 21 foizga oshirmoqchi.

4 dekabrda qayta tiklanuvchi energiya manbalari va energetika infratuzilmasi sohasi investorlari (“RENPOWER Uzbekistan 2019”) konferensiya o‘tkazildi.

Anjumanda ta’kidlanishicha, 100 MVt dan bir necha fotoelektrik loyihalar rejalashtirilib, 2021-yilda quyosh energiyasi quvvatlarini 1 GVt ga yetkazish va ularni ishga tushirish ko‘zda tutilgan.

Hozirgi paytda elektr uzatish tizimidagi yo‘qotishlar 18%, taqsimlash paytidagi yo‘qotishlar esa 14% ni tashkil etmoqda. Elektr uzatish liniyalarini modernizatsiya qilish esa ko‘p miqdorda investitsiya kiritilishini taqozo etadi.

O‘zbekiston energetika sektorini moliyalash va unga investitsiyalar kiritish bo‘yicha uzoq muddatli bosh rejani ishlab chiqmoqchi. 

Shuningdek, qayta tiklanuvchi energiyaga oid asbob-uskunalarni ishlab chiqaruvchilar va ishlanmalarni yaratuvchilar uchun asosiy soliq imtiyozlari joriy etilishi mumkin. Bundan tashqari, biomasadan energiya ishlab chiqarish va undan foydalanishni rag‘batlantirish, 2030-yilgacha energiyani tejash dasturlari, quyosh va shamol energetikasini rivojlantirish bo‘yicha joriy va kelgusi xatti-harakatlar tahlil etildi. 

Elektr energiyasini nazorat qilish va hisobini yuritish bo‘yicha avtomatlashtirilgan tizim joriy etilishi, 2019-2021 yillarda elektroenergetika sektorini raqamlashtirish bo‘yicha kompleks dasturi ishlab chiqilishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0