Madaniyat

Sevara Nazarxon “Humo Arena” muz saroyida kontsert beradi

Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Sevara Nazarxon joriy yil 21-22 dekabr kunlari “Humo Arena” muz saroyida oʻz yakkaxon kontsert dasturini taqdim etadi.

TOSHKENT, 20 dek – Sputnik. “Mehnat Shuhrati” ordeni sohibasi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Sevara Nazarxon joriy yil 21-22 dekabr kunlari “Humo Arena” muz saroyida oʻz yakkaxon kontsert dasturini taqdim etadi.

Filipp Kirkorov i Yulduz Usmanova v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Toshkent Kirkorov kontsertidan soʻng oʻziga kelmoqda - foto

Kontsertda xonandaning xit qoʻshiqlari qatorida uning yangi kompozitsiyalari, Oʻzbekiston, Rossiya hamda Buyuk Britaniyada yozilgan musiqiy albomlaridan namunalar ijro etiladi.

Sevara Nazarxon 2004 yilda BBC Radio 3 tomonidan “Osiyoning eng yaxshi ijrochisi” unvoniga sazovor boʻlgan.

Xonanda oʻz musiqiy guruhi bilan ingliz kompozitori Piter Gabriyel boshchiligida Yevropaning koʻplab shaharlari va Amerikaning 48 shtati boʻylab gastrol safarlarida ishtirok etgan.

 “Victory” nomli musiqiy kompozitsiyasi “Sochi 2014-II da Olimpiya oʻyinlari xitlari” Olimpiada musiqiy kompozitsiyalari rasmiy toʻplami qatoridan oʻrin olgan.

 “Golos”, “Tantsы so Zvezdami”, “Vыshka”, “Toch-v-toch” kabi mashhur musiqiy loyihalarda ishtirok etgan.

Yangiliklar lentasi
0