Shuhrat G‘aniyevning ovozi deb aytilayotgan audio bo‘yicha tekshiruv boshlandi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovShuxrat Ganiyev
Shuxrat Ganiyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shu hafta ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyevning ovozi deb aytilayotgan audio yozuv tarqaldi.

TOShKENT, 19 dek – Sputnik. Bosh prokuratura Shuhrat G‘aniyevning ovozi deb aytilayotgan audio bo‘yicha tekshiruv boshladi.

Shuxrat Ganiyev - xokim Ferganskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Shuhrat G‘aniyev aybini tan olib kechirim so‘radi

Bosh prokuratura tomonidan Internet nashrlari va ijtimoiy tarmoqlarda 2019-yil 14-dekabr kuni Farg‘ona viloyati hokimi Sh.G‘aniyevga mansubligi ta’kidlanib tarqatilgan audioyozuvlarning haqqoniyligi, qachon, qayerda va qanday holatlarda yuz berganligi hamda boshqa holatlar o‘rganilmoqda.

“O‘rganish natijalari har tomonlama qonun doirasida ko‘rib chiqilib, ular yuzasidan qo‘shimcha bayonot beriladi”, - deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, internetda Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyevning ovozi deb aytilayotgan audio yozuv tarqaldi.

Unga ko‘ra, G‘aniyev selektor yig‘ilishida Quvada gaz yo‘qligiga norozilik bildirib, avtomobil yo‘lini to‘sish voqeasini ijtimoiy tarmoqqa qo‘ygan shaxsning “janozasi o‘qilmagani” uchun tuman hokimini tergagan.

Yangiliklar lentasi
0