Shuhrat G‘aniyev aybini tan olib kechirim so‘radi

© Xalk SuziShuxrat Ganiyev - xokim Ferganskoy oblasti
Shuxrat Ganiyev - xokim Ferganskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev o‘z qilmishi uchun kechirim so‘radi va Senatdan qat’iy ogohlantirish oldi.

TOShKENT, 30 sen – Sputnik. Oldin xabar berganimizdek, bugun O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining Odob komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda Farg‘ona viloyati hokimi, senator Shuhrat G‘aniyevning OAV va ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab bo‘lgan,  ro‘mol o‘ragan ayollar haqidagi nutqi muhokama qilindi. Shuhrat G‘aniyev aytgan so‘zlari uchun javobgalikni bo‘yniga olib Senat oldida kechirim so‘radi.

- Ijtimoiy tarmoqlarda bo‘layotgan muhokamalar to‘g‘ri. Aybimni tan olaman. O‘zimni oqlash uchun biror so‘z topa olmayman. Mening avlodim, ota-onam milliy liboslar kiyadi. O‘zim ham uyimda milliy libos kiyaman. O‘sha majlisda quyushqondan chiqib ketganman. Imkoniyat bersangiz, xulosa chiqarib, chin dildan mehnat qilaman. Har qanday jazoga loyiqman. Xalqdan va Prezidentdan kechirim so‘rayman, - dedi hokim.

Senatning Reglament va odob komissiyasi yig‘ilishida Shuhrat G‘aniyevga qat’iy ogohlantirish va 3 oy sinov muddati berildi.

Yangiliklar lentasi
0