Yunusoboddagi avariya: yer ostida qolgan ikki nafar jasadning shaxsi aniqlandi

© SputnikSituatsiya na meste obrusheniya stroyasheysya vetki Tashkentskogo metropolitena
Situatsiya na meste obrusheniya stroyasheysya vetki Tashkentskogo metropolitena - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent metrosining Yunusobod yo‘nalishidagi qurilish ishlari vaqtida ro‘y bergan yer o‘pirilishi oqibatida 2 kishi halok bo‘lgan.

TOShKENT, 18 dek – Sputnik. Toshkent metrosining Yunusobod yo‘nalishidagi qurilish ishlari vaqtida ro‘y bergan yer o‘pirilishi oqibatida 2 kishi halok bo‘lgan. FVV qurbonlarning shaxsiga aniqlik kiritgan.

Situatsiya na meste obrusheniya stroyasheysya vetki tashkentskogo metro - Sputnik O‘zbekiston
Yunusoboddagi avariyada 5 kishi bedarak yo‘qolgan

“Qidiruv va qutqaruv ishlari natijasida tuproq ostidan ikki kishining jasadi olib chiqildi va ularning shaxsi aniqlandi:

1.  J.Ravshanov 1989-yilda tug‘ilgan;

2.  T.Abdullayev 1957-yilda tug‘ilgan.

Hodisa sabablari va oqibatlarini o‘rganish va bartaraf qilish ishlari davom etmoqda”, - deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 18-dekabr kuni Toshkent metropoliteni Yunusobod liniyasida qurilish ishlari olib borilayotgan ochiq uchastkada avariya holati yuz berdi.

Bosh vazir birinchi o‘rinbosari Achilboy Ramatov shaxsiy nazorati ostida xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda. Favqulotda vaziyatlar vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, pudratchi qurilish tashkilotlarining kuch va vositalari yordamida yuzaga kelgan holat bartaraf etilmoqda.

Hukumat farmoyishi bilan Toshkent metropoliteni Yunusobod yo‘nalishining qurilayotgan qismida sodir bo‘lgan hodisa sabablari va oqibatlarini o‘rganish va uni zudlik bilan bartaraf qilish bo‘yicha Hukumat komissiyasi tuzildi.

Komissiyaga sodir bo‘lgan hodisa sabablarini va oqibatlarini joyida o‘rganish, hodisa oqibatlarini zudlik bilan bartaraf etish, jabrlanganlar va ularning oila a’zolariga yordam ko‘rsatish hamda boshqa bir qator vazifalar yuklandi.

Yangiliklar lentasi
0