Yunusoboddagi avariyada 5 kishi bedarak yo‘qolgan

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovSituatsiya na meste obrusheniya stroyasheysya vetki tashkentskogo metro
Situatsiya na meste obrusheniya stroyasheysya vetki tashkentskogo metro - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent metropoliteni Yunusobod liniyasida qurilish ishlari olib borilayotgan ochiq uchastkada avariya holati yuz berdi.

TOShKENT, 18 dek – Sputnik. Yunusobod metrosi qurilishidagi avariyada 5 kishi bedarak yo‘qolgan, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Mashini skoroy pomoshi na meste obrusheniya stroyasheysya vetki metro v g. Tashkent - Sputnik O‘zbekiston
Metro qurilishidagi avariya sabablarini hukumat komissiyasi o‘rganadi

Ma’lum qilinishicha, tuproq ostidan ikki kishining jasadi chiqarib olingan.

Eslatib o‘tamiz, 18-dekabr soat 10:00 atrofida Toshkent metropoliteni Yunusobod yo‘nalishining yangi qurilayotgan qismida yomg‘irning surunkali yog‘ishi oqibatida tahminan 250 m3 tuproq o‘pirilib tushgan.

Bosh vazir birinchi o‘rinbosari Achilboy Ramatov shaxsiy nazorati ostida xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda. Favqulotda vaziyatlar vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, pudratchi qurilish tashkilotlarining kuch va vositalari yordamida yuzaga kelgan holat bartaraf etilmoqda.

Hukumat farmoyishi bilan Toshkent metropoliteni Yunusobod yo‘nalishining qurilayotgan qismida sodir bo‘lgan hodisa sabablari va oqibatlarini o‘rganish va uni zudlik bilan bartaraf qilish bo‘yicha Hukumat komissiyasi tuzildi.

Komissiyaga sodir bo‘lgan hodisa sabablarini va oqibatlarini joyida o‘rganish, hodisa oqibatlarini zudlik bilan bartaraf etish, jabrlanganlar va ularning oila a’zolariga yordam ko‘rsatish hamda boshqa bir qator vazifalar yuklandi.

Yangiliklar lentasi
0