Qozog‘istonda 50 nafar o‘zbekistonlikni olib ketayotgan avtobus buzilib qoldi

© tengrinews.kzAvtobus na doroge
Avtobus na doroge - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2019 yil 14-dekabrda Samara-Chimkent yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotgan avtobus Aqtobe viloyati Aytekebi tumani hududida texnik nosozlik tufayli to‘xtab qolgani to‘g‘risida ma’lumot tarqaldi.

TOShKENT, 17 dek – Sputnik. TIV Qozog‘istonda buzilib qolgan avtobus yuzasidan bayonot berdi.

Sotrudniki MChS pomogli passajiram avtobusa i legkix avtomobiley - Sputnik O‘zbekiston
Yo‘lda muzlab qolishi mumkin bo‘lgan 18 kishiga yordam ko‘rsatildi

Bayonotda aytilishicha, O‘zbekistonning Aqtau shahridagi (Qozog‘iston) Bosh konsulxonasi 2019-yil 14-dekabr kuni Samara-Chimkent yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotgan va ichida 54 nafar odam, jumladan 50 ta O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan avtobus Aqtobe viloyati Aytekebi tumani hududida texnik nosozlik tufayli to‘xtab qolgani to‘g‘risida OAVda tarqalgan ma’lumotni tasdiqladi.

Bosh konsulxona ma’lumotiga ko‘ra tuman yo‘l-patrul xizmati yo‘lovchilarni evakuatsiya qilish, ularni issiq ovqat bilan ta’minlash va avtobusni ta’mirlashda yordam ko‘rsatdi. Avtobus esa ta’mirdan keyin harakatni davom ettirgan.

“Shu bilan birga TIV Konsullik-huquqiy departamenti yana bir bor O‘zbekiston fuqarolari e’tiborini avtobuslarda yoki avtomobil transportining boshqa turlarida qishgi vaqtda Qozog‘istonga kirishda yoki uning hududidan o‘tishda ehtimoliy xatarlarni hisobga olish va tegishli choralar ko‘rish zarurligiga qaratadi”, - deyilgan xabarda.

Yangiliklar lentasi
0