Kuril orollari masalasida O‘zbekiston pozitsiyasi qanday?

Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaga rasmiy tashrif bilan jo‘nab ketdi. Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktorining o‘rinbosari so‘zlariga ko‘ra, kun tartibidan Kuril masalasini muhokama qilish o‘rin olmagan.

TOShKENT, 17 dek — Sputnik. Kuril orollari masalasi - Rossiya va Yaponiya o‘rtasidagi ikkiyoqlama munosabatlargagina tegishli masala. O‘zbekiston bu masalaga jalb etilmagan va umuman dunyoda bu masalada qandaydir pozitsiyaga ega davlatlar yo‘q, dedi O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktorining o‘rinbosari Sanjar Valiyev jurnalistlar tomonidan O‘zbekistonning Kuril orollari masalasida pozitsiyasi to‘g‘risida berilgan savolga javoban.

“Shavkat Mirziyoyevning Yaponiyaga rasmiy tashrifi chog‘ida Kuril masalalarini muhokama qilish rejalashtirilmagan”, - deb qo‘shimcha qildi u.

Samolyot - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaga jo‘nab ketdi

Mirziyoyev Yaponiyaga rasmiy tashrif bilan Yaponiyaga jo‘nab ketdi. Tashrif doirasida O‘zbekiston bilan Yaponiya o‘rtasida strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish va kengaytirish to‘g‘risida Qo‘shma bayonot qabul qilinishi, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, bojxona, turizm, ilmiy-texnik va boshqa sohalardagi hamkorlikning shartnoma-huquqiy asosini mustahkamlashga qaratilgan qator hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yaponiya Kommunistik partiyasi vakili Kadzuo Sii Tokio barcha Kuril orollariga egalik qilish huquqiga ekanini ma’lum qilgandi. Rossiyalik senator Frans Klinsevich ushbu bayonotlarini jiddiy qabul qilmaslik kerakligini ta’kidlagandi. Uning fikricha, Kadzuo Sii partiya reytingini mamlakat ichida ko‘tarish maqsadida aytgan. Rossiya va Yaponiya o‘rtasida bu borasida tinchlik shartnomasini tuzish ko‘p yillardan buyon davom etib keladi. Buni tezlashtirishga Vladimir Putin va Yaponiya bosh vazirining 2018-yildagi uchrashuvi navbatdagi turtkini berishi kerak edi. O‘shanda rasmiy Tokio imzolash jarayonini tezlashtirish istagini bildirdi, lekin mamlakatlar haligacha o‘zaro qabul qilinadigan qarorga kelishmagan.

Yangiliklar lentasi
0