Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaga jo‘nab ketdi

Obuna bo‘lish
Qayd etilishicha, davlat rahbarining rasmiy tashrifi ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishning yangi bosqichini boshlab beradi.

TOShKENT, 17 dek — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abening taklifiga binoan 17-dekabr kuni rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston va Yaponiya strategik sherik, ikki mamlakatni yaqin ko‘p qirrali hamkorlik bog‘lab turadi. Davlat rahbarining rasmiy tashrifi ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishning yangi bosqichini boshlab beradi. 

Flag Yaponii - Sputnik O‘zbekiston
Yaponiyada O‘zbekistondagi keng ko‘lamli va jadal islohotlar yuqori baholanmoqda

Mirziyoyev dastlab mamlakatning yirik sanoat va ilm-fan markazi - Nagoya shahrida bo‘ladi. Tokio shahrida Yaponiya Imperatori, Bosh vaziri, parlamenti va hukumati rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev 2019-yil 17-20 dekabr kunlari rasmiy tashrif bilan Yaponiyada bo‘lishi xabar qilingan edi. Tashrif doirasida O‘zbekiston bilan Yaponiya o‘rtasida strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish va kengaytirish to‘g‘risida Qo‘shma bayonot qabul qilinishi, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, bojxona, turizm, ilmiy-texnik va boshqa sohalardagi hamkorlikning shartnoma-huquqiy asosini mustahkamlashga qaratilgan qator hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0