Toshkent yoqilg‘i quyish shoxobchalarida AI-92 yoqilg‘isi sotilmoqda

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishSotrudnik avtozapravochnoy stansii zapravlyayet avtomobil kliyenta
Sotrudnik avtozapravochnoy stansii zapravlyayet avtomobil kliyenta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan AI-91 5700 so‘m bo‘lsa, import yoqilg‘isining har bir litri 6100 so‘mdan baholanmoqda.

TOShKENT, 16 dek — Sputnik. “O‘zbekneftgaz” yoqilg‘i quyish shoxobchalarida AI-92 yoqilg‘isi sotilmoqda. Bu haqda Autostrada.uz axborot portali xabar tarqatdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekistonga import qilinayotgan AI-92 yoqilg‘isining narxi AI-91 dan 400 so‘m qimmatroqqa sotilmoqda. AI-91 5700 so‘m bo‘lsa, import yoqilg‘isining har bir litri 6100 so‘mdan baholanmoqda.

Zapravka avtomobilya na odnoy iz avtozapravochnix stansiy. - Sputnik O‘zbekiston
Benzin xarajatlari davlat tomonidan qisman qoplanadi

Shuningdek, 2020-yilning 1-aprelidan boshlab iste’molchiga sotiladigan benzin, dizel yoqilg‘isi, suyultirilgan gaz uchun aksiz solig‘i 22,8 foizga, siqilgan gaz uchun esa 14,9 foizga ko‘tarilishi aytilmoqda.

Oxirgi marotaba yoqilg‘i narxi 2019-yilning avgust oyida ko‘tarildi.

“O‘zbekneftgaz” AJ axborot xizmatining ma’lumot berishicha, O‘zbekistonda Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-fevraldagi qaroriga muvofiq  “UNG Petro” MChJ tashkil etilgan.

Ayni damda ushbu  brend (“UNG”) bilan AYoQShlar orqali iste’molchilarga yetkazilayotgan AI-80, AI-91 va AI-95 rusumli avtobenzinlar va dizel yoqilg‘ilari soni bugunga kelib 25 taga yetgan.

Hozirgi kunda AYoQShlarda sotilayotgan yuqori oktanli YeVRO standartlariga javob beruvchi AI-92 rusumli avtobenzin ham “UNG Petro2 MChJga tegishli hisoblanadi.

Yangiliklar lentasi
0