Benzin xarajatlari davlat tomonidan qisman qoplanadi

© Sputnik / Yevgeniy OdinokovZapravka avtomobilya na odnoy iz avtozapravochnix stansiy.
Zapravka avtomobilya na odnoy iz avtozapravochnix stansiy. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Benzin xarajatlarining qoplanishi ko‘rinishidagi pullik kompensatsiya huquqi muayan toifa fuqarolariga nisbatan qo‘llanilishi ma’lum qilindi.

TOShKENT, 22 okt - Sputnik. Qonunchilikka muvofiq, bir qator shaxslarga avtomobil benzini sotib olishga xarajatlarning bir qismi uchun oylik pul kompensatsiyasi to‘lanadi. 2019-yil 15-avgustdan kompensatsiya miqdori 75 000 so‘mni tashkil etadi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qiladi.

Kompensatsiya olish huquqiga ega shaxslar ro‘yxati:

👉 urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslar;

👉 urush faxriylari va ularga tenglashtirilgan shaxslar;

👉 mehnatda mayib bo‘lish va kasb kasalligi tufayli I va II guruh nogironlari;

👉 I va II guruh bolalikdan nogironlar.

Kompensatsiyani tayinlash uchun pensiyalar va nafaqalarni tayinlaydigan organlarga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

👉 ariza;

👉 pasport nusxasi;

👉 imtiyozga bo‘lgan huquqlar to‘g‘risidagi guvohnomalar nusxalari (urush qatnashchilari va nogironlari hamda ularga tenglashtirilgan shaxslar uchun);

O‘zbekistonda 15-avgustdan benzin va dizel yoqilg‘isi narxlari oshadi

👉 tibbiy-mehnat ekspert komissiyalarining ma’lumotnomalari nusxalari (mehnatda mayib bo‘lish, kasb kasalligi tufayli nogironlar va bolalikdan nogironlar uchun);

👉 avtomototransportning texnik pasporti nusxasi;

👉 haydovchilik guvohnomasi nusxasi yoki Ikkinchi jahon urushi nogironi bilan doimiy birga yashaydigan va u bilan bir turar joy maydonida ro‘yxatdan o‘tgan oila a’zosining haydovchilik guvohnomasi, pasporti nusxalari va u tomonidan avtomototransport vositasidan foydalanish huquqiga ishonchnoma.

Yangiliklar lentasi
0