TOShKENT, 16 dek – Sputnik. Tojikiston va Qirg‘iziston chegarasida yangi mojaro yuzaga keldi. Sputnik Tojikiston xabariga asosan.
Tojikiston Somoniyon qishlog‘i aholisining so‘zlariga ko‘ra, chegara uchastkasida to‘qnashuvlarni qirg‘iz tomon qo‘zg‘atdi.
Somoniyon rahabri Saloxiddin Ibrohimov ta’kidlashicha, bir necha kun avval Qirg‘iziston Ko‘ktosh qishlog‘i aholi tomonidan mahalliy do‘kon oylarini sindirilgan. Bundan keyin Tojikiston tomoni savdo do‘kon joyi oldidan devor o‘rnatdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu holat qirg‘izistonlik chegarachilarga yoqmadi va ular Tojikiston mashinasi shikastladi.
Somoniyon qishlog‘i aholisi qirg‘izistonliklar o‘zboshimchalik bilan yo‘lni to‘sib qo‘yishgani va qurol bilan ularga tahdid qilayotganini ta’kidlashmoqda.
Ta’kidlanishicha, mojaro joyiga Tojikiston va Qirg‘iziston chegarachilari, shuningdek, chegara hududlari vakillari etib kelgan. Hozirda tomonlar chegaradagi vaziyatni hal qilish bo‘yicha muzokaralar olib borishmoqda.